Buyuk Britaniyaliklar – eng semiz xalq

0
942
views

Gʻarbiy Yevropa davlatlari ichida  aholisi eng koʻp ortiqcha vaznga ega boʻlgan mamlakat bu Buyuk Britaniya ekanligi maʼlum boʻldi, deb xabar beradi BBC xizmati.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hisobotiga koʻra, mamlakatda oxirgi 20 yilda semirish nisbati ikki barobarga oshgan va bugun kattalarning 63 foizi ortiqcha vaznga ega.

Bugungi kunda Buyuk Britaniya semizlikdan aziyat chekuvchi dunyodagi 5 ta mamlakatning biriga kirib, aholi oʻrtasida semizlik darajasi 1990-yillardan buyon 92 foizga oshgan. Bu koʻrsatkich bilan esa Qoʻshma Shtatlarni ham ortda qoldirgan ( AQSHda 65% ga oshgan).

«Semizlik bu surunkali kasalliklar, ayniqsa, yuqori qon bosimi, xolesterin, diabet, yurak-qon, tomir kasalliklari deganidir», deyiladi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hisobotida.

Semizlikdan aziyat chekuvchi davlatlar qatoriga kiruvchi Avstraliya va Kanada soʻnggi yillarda semirish darajasini kamaytirishga erishdi. Biroq, Buyuk Britaniyada esa aks holat kuzatilmoqda.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here