Chilpiq qalʼa — qadimiy zardushtiylik yodgorligi

0
54
marta koʻrilgan.

Qadimiy zardushtiylik yodgorligi —Chilpiq qalʼaning yoshi 2200 yildan ortiq. Chilpiq — bu 15 metr balandlikdagi 65 metr diametrga ega tomsiz dumaloq minora boʻlib, Nukusdan 43 km masofadagi tabiiy yassi tepalikning choʻqqisida joylashgan.

Mazkur tepalik Zardushtiylar davrida marhumlarni minora ichida yovvoyi qushlarga yem uchun qoldiriladigan joy boʻlgan. Qushlar tomonidan suyaklar tozalangach,  qoldiqlari yerga koʻmilgan. Ushbu dafn etish usuli zardushtiylik falsafasi bilan bogʻliq boʻlib, atrof-muhitni asrashga  qaratilgan.. Keyinchalik Xorazmshoxlar davrida ushbu yodgorlik harbiy maqsadda yaʼni  kuzatuv  minorasi sifatida foydalanilgan.

Bu yerlarga arablarning kelishi (VII asr) bilanoq, minora qayta qurilgan, soʻngra, IX-X asrlarda qadimiy Xorazmning gullagan vaqtlarida yana taʼmirlangan. Bir qator tadqiqotchi olimlarning fikricha, xorazmliklar Chilpiqdan Xorazmshohlar davlatining boshqa qalʼalari bilan bir qatorda xabar yetkazish va mudofaa minorasi sifatida foydalanishgan. “Chilpiq” Qoraqalpogʻistonning yorqin yodgorliklaridan biri hisoblanib, hatto respublika gerbida ham uning tasviri aks ettirilgan.

Ushbu yodgorlikning hozirgi kundagi holati achinarli albatta, ammo u oʻziga sayyohlarni jalb etuvchi maskandir. Chunki aynan zardoʻshtiylar davridan saqlanib qolgan ushbu tepalikni koʻrish va yuqoridan hududni tomosha qilib uning tarixini eshitishga koʻpchilik qiziqadi.

Tabiat xodisalari tufayli  qadimgi davr loy paxsalaridan  yodgorlikning taxminan 20-30 foizi saqlanib qolgan. Turizmni rivojlantirish maqsadida “Chilpiq” yodgorligi yonida xunarmand oʻtovlari, avtoturargoh  va tepalikka chiqish uchun maxsus zinapoyalar barpo etish rejalashtirilgan.

gujum. uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.