Dengiz ostida tushlik

0
523
marta koʻrilgan.

Dengiz ostida suv mavjudotlari bilan yonma-yon dengiz mahsulotlari tanovvul qilishga nima deysiz?
2019 yilda Norvegiyada “Ander” deb ataluvchi dunyodagi eng yirik suvosti restorani quriladi, deb xabar beradi Euronews axborot xizmati.

Restoran dizayni Misrdagi Iskandariya kutubxonasi va Norvegiya milliy opera binosini loyihalashtirgan meʼmorlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning aytishicha, restoran tashrif buyuruvchilar uchun xavfsiz boʻladi. 1 metr qalinlikdagi beton devorlar suv bosimi va har qanday toʻlqinga chidaydi. Balandligi 11 metr boʻlgan akril oynalar esa suv osti jonzotlari va goʻzal faunasini koʻrsatib turadi.

Yuz kishi uchun moʻljallangan bu restoran uch qavatdan iborat boʻlib, u dunyodagi eng yirik suv osti inshooti boʻladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.