Dunyodagi va Oʻzbekistondagi ilk eng baland charxpalaklar

0
278
marta koʻrilgan.

Ilk charxpalakni qurish gʻoyasi amerikalik arxitektor Jorj Ferrisga tegishli. U 1893 yilda Chikagoda oʻtkazilgan butunjahon koʻrgazmasiga bagʻishlab ilk charxpalakni bunyod etdi.

Bu Parijda barpo etilgan Eyfelga javob edi. Uning balandligi oʻsha paytdagi rekord darajada – 80 metrga teng edi. Ogʻirligi 2000 tonna boʻlgan ulkan inshoatni har biri 1000 ot kuchiga teng boʻlgan ikkita par mashinasi harakatga keltirgan. Ushbu charxpalakda 36 ta kabinka boʻlib, u 20 ta oʻrindiqli va 40 ta turib tomosha qiluvchilar uchun moʻljallangan. U bir paytning oʻzida 2160 kishini oʻz bagʻriga sigʻdira olgan. Charxpalak qanchalik omadli loyiha boʻlmasin Eyfelning soyasida qolib ketavergan. 

Hozirda har bir davlatda baland charxpalaklar bor va u kishilarning yoqimli hordiq chiqarishiga xizmat qilib kelmoqda. 

Oʻzbekistondagi eng baland charxpalak Toshkent shahrida 2018 yil 22 dekabr kuni foydalanishga topshirildi. «Anhor-Lokomotiv» bogʻi yaqinida qurilgan inshoatning balandligi 72 metrni tashkil etadi va oʻz bagʻriga bir vaqtning oʻzida 272 kishini sigʻdira oladi.

 Unda 48 ta yopiq kabinalar mavjud. Shundan 8 tasi “VIP” turda boʻlib, uning oddiy kabinalardan farqi toʻrt kishiga moʻljallangan va yumshoq oʻrindiqlar bilan jihozlangan. Oddiy kabinalar esa oʻz ichiga 6 kishini sigʻdiradi. Charxpalak 12 daqiqada toʻliq aylanib ulguradi.

Charxpalakka kunduzi ham kechasi ham chiqish birdek maroqli. Yuqoridan Toshkentning eng koʻrkam manzaralarini tomosha qilishingiz mumkin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.