AQSHdagi oʻyinchoqlar ishlab chiqaruvchi “Mattel” kompaniyasi hijobdagi barbi qoʻgʻirchoqlar ishlab chiqara boshladi, deb xabar beradi Euronews axborot xizmati. Barbi qoʻgʻirchoqlariga bunday qiyofa tarixda birinchi marta Olimpiya musobaqalarida hijobda ishtirok etgan amerikalik sportsmen Ibtihaj Muhammad tomonidan taqdim etildi.
«Men koʻp marotaba oʻzimni jamiyatda begonaday his qilganman. “Mattel» kompaniyasini dunyoning xilma-xil va rang-barangligiga mos ravishda hijobdagi qoʻgʻirchoqlarni ishlab chiqara boshlaganidan minnatdorman. Bu inqilobdir», deydi Ibtihaj Muhammad.