Kamoliddin Behzod qalamiga mansub Shaybonixon tasviri Britaniya kutubxonasida saqlanmoqda.
Shayboniylar sulolasining atoqli vakili Shayboniyxon ham ilm-fan, sanʼat va adabiyot rivojiga alohida eʼtibor bergan hukmdorlardan biri sanaladi. Uning oʻzi xam turkiy tilda sheʼrlar yozgan. Adabiy majlislarni xush koʻrgan va oʻz davrining yetuk ijodkorlarini saroydagi majlislarga lutfan taklif etgan. Kamoliddin Behzodni ham saroy majlisiga taklif qilib, unga izzat-ikrom koʻrsatgan. Kamoliddin Behzodning Shaybonixon tasviriga bagʻishlangan bir qator miniatyuralari bizgacha yetib kelgan.
Ushbu miniatyuralarda hukmdor chordana qurgan holatda, bir qoʻlida roʻmolcha bilan tasvirlangan. Britaniya kutubxonasida saqlanayotgan mazkur miniatyurada ham Shayboniyxonni anʼanaviy uslubda tasvirlanganini kuzatish mumkin. Ushbu tasvirda ham Behzodning oʻzbek mussavirshunoslariga maʼlum boʻlgan avvalgi miniatyuralaridagi singari musavvir va hukmdorning ismlari suratning yuqori burchaklarida yozib qoʻyilgan.
GUJUM.uz