Kamoliddin Behzodning Shaybonixon tasviri ifodalangan miniatyurasi Britaniya kutubxonasida

0
151
views

Kamoliddin Behzod qalamiga mansub  Shaybonixon tasviri Britaniya kutubxonasida saqlanmoqda.  

Shayboniylar sulolasining atoqli vakili Shayboniyxon ham ilm-fan, sanʼat va adabiyot rivojiga alohida eʼtibor bergan hukmdorlardan biri sanaladi. Uning oʻzi xam turkiy tilda sheʼrlar yozgan. Adabiy majlislarni xush koʻrgan va oʻz davrining yetuk ijodkorlarini saroydagi majlislarga lutfan taklif etgan. Kamoliddin Behzodni ham saroy majlisiga taklif qilib, unga izzat-ikrom koʻrsatgan. Kamoliddin Behzodning Shaybonixon tasviriga bagʻishlangan  bir qator miniatyuralari bizgacha yetib kelgan.

Ushbu miniatyuralarda hukmdor chordana qurgan holatda, bir qoʻlida roʻmolcha bilan tasvirlangan. Britaniya kutubxonasida saqlanayotgan mazkur miniatyurada ham Shayboniyxonni anʼanaviy uslubda tasvirlanganini kuzatish mumkin. Ushbu tasvirda ham Behzodning oʻzbek mussavirshunoslariga maʼlum boʻlgan avvalgi  miniatyuralaridagi  singari musavvir va hukmdorning ismlari suratning yuqori burchaklarida yozib qoʻyilgan.

GUJUM.uz

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here