Londonda avtobuslar qahva chiqindisidan tayyorlangan bioyoqilgʻida harakatlanmoqda

0
284
marta koʻrilgan.

Londonda baʼzi jamoat transportlari qahva chiqindisidan tayyorlangan bioyoqilgʻida yura boshladi, deya xabar beradi BBC axborot xizmati. Bu bioyoqilgʻi kofe chiqindisidan olingan yogʻ bilan  dizel yogʻi aralashmasidan tayyorlangan.

“Bio-Bean”  texnologiya kompaniyasi xabar berishicha, kompaniya avtobuslarni yil davomida kofe yogʻi bilan uzliksiz taʼminlay olish qobiliyatiga ega boʻlib, shu kungacha 6000 litr qahva yogʻi ishlab chiqargan.

Maʼlumotlarga qaraganda, Buyuk Britaniyada bir kunda 55 million finjon qahva isteʼmol qilinadi. Birgina Londonda yiliga 200 ming tonna qahva chiqindisi chiqaradi. “Bio-Bean” kompaniyasi esa qahvaxona va qahva fabrikalardan qahva chiqindisini oladi va undan yogʻ, soʻngra B20 bioyoqilgʻisini tayyorlaydi.

«Bu chiqindilardan unumli foydalanish mumkinligini isbotlaydi», deydi  kompaniya asoschisi Artur Key.

London Transport idorasining maʼlum qilishicha esa, shaharda transport emissiyasini kamaytirish uchun tobora koʻproq bioyoqilgʻidan foydalanishga oʻtilmoqda.

Bugungacha poytaxtda oʻsimlik va hayvon yogʻi chiqindisidan tayyorlangan bioyoqilgi allaqachon 9500 dan ortiq avtobuslar harakatlanishi uchun ishlatilgan.

Suvrat  BBC axborot xizmatidan olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.