“Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi

0
207
marta koʻrilgan.

Minsk shahrida  29-iyul — 2-avgust kunlari Oʻzbekiston va Belarus respublikalari hududlari forumi hamda “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.b. Abdulaziz Aqqulov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Belarusning yirik sanoat korxonalari kasaba uyushmalari va turistik firmalari rahbarlari bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish masalalari hamda Oʻzbekistonning turistik salohiyati aks etgan koʻrgazma taqdimoti oʻtkazildi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida “Oʻzbekiston va Belarus respublikalari oʻrtasida madaniy-gumanitar, axborot-kommunikatsiya va ilmiy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida konferensiya, shuningdek buyuk oʻzbek mutafakkiri Alisher Navoiy byust haykalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.