Oʻzbekistonda birinchi bora qoʻlga oʻrgatilgan delfinlar tomoshasi

0
643
marta koʻrilgan.

– Oʻzbek davlat sirkida ajoyib yangilik! Bir yillik saʼy-harakatlardan keyin nihoyat  oʻrgatilgan suv mavjudotlari  tomoshasini boshlaydigan kunlar ham keldi,– deydi Oʻzbekistondagi delfin-shou rahbari Abdulaziz Husanov.

Oʻzbekistonda ilk bora uyushtirilayotgan “Delfinlar shou”sini oʻtkazish uchun 3 ta delfin, 2 ta dengiz mushugi va bir dona dengiz arsloni keltirilgan. Jonivorlarning umumiy vazni 2 315 kilogrammni tashkil etadi.

“Qizil kitob”ga kiritilgan sut emizuvchi oʻta nozik suv jonivorlarini boqish uchun barcha yemishlari dengizdan keltirilmoqda. Shuningdek, sirkda delfinlar yashashi uchun zarurat boʻlgan hovuz suvining haroratini ham talab darajasida amalga oshirildi.

“Delfin-shou” barchaga, ayniqsa, bolajonlarimizga katta quvonch bagʻshida etadi, degan umiddamiz”, – deydi tashkilotchilar.

J. Saʼdullayev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.