Oʻzbekistonda «Open Air Sahro simfoniyasi» konsert dasturi oʻtkaziladi

0
362
marta koʻrilgan.

 Oʻzbekistonning beshta shahrida 18-27 iyun kunlari katta musiqiy loyiha «Open Air Sahro simfoniyasi» boʻlib oʻtadi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Anʼanaga aylangan loyiha Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestrining jonli konsertlari va milliy estrada sanʼatining mohir va yosh sanʼatkorlari chiqishlarini oʻzida mujassamlashtirgan.

«Open Air Sahro simfoniyasi» Qoraqalpogʻiston poytaxti Nukus shahrida I.V.Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi markaziy maydonida boshlanadi. Musiqa karvoni konsertlar bilan Xiva, Termiz, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining tarixiy va sanʼat maydonlarida yoʻlini davom ettiradi.

Dasturlar har bir viloyatning oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda maxsus tuzilgan. Konsert dasturi mumtoz asarlar, mashhur romantik kuylar va opera musiqalari, film musiqalari, raqs kompozitsiyalarining asl tanlovlari, tomoshabinlar uchun kutilmagan sovgʻa va yana koʻplab qiziqarli tuhfalarni qamrab olgan besh turdagi shoudan iborat.

«Open Music» jahonning turli xalqlari madaniyatida aks yetgan, umuminsoniy qadriyatlarni tasdiqlashga qaratilgan keng koʻlamli dastur boʻlib, u tabiat hamda sanʼat uygʻunligini oʻziga xos innovatsion multimedia shaklida konsert orqali taqdim etishi orqali tomoshabinlarni jalb etadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.