Pahlavon Mahmud nomidagi I Xalqaro bahodirlar oʻyinlari dunyo axborot vositalarida yoritiladi

0
756
marta koʻrilgan.

Shu yilning 7-9 iyun kunlari Koʻhna Xiva shahrining tarixiy markazi Ichan Qalʼada Pahlavon Mahmud nomidagi I Xalqaro bahodirlar oʻyinlari oʻtkazilmoqda. 

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Xorazm viloyat hokimligi tomonidan oʻtkaziladigan ushbu tadbir xorijiy ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uygʻotdi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati. Jumladan, ushbu tadbirni yoritish maqsadida Hindistonning eng yirik mediya kompaniyasi “Doordarshan”ning DD Sport telekanali orqali  musobaqalardan jonli reportajlar tayyorlanishi kutilmoqda. Shuningdek, tadbirga Ozarbayjonning ATV – Idman hamda Eronning ShOMA telekanallari ijodkorlari ham tashrif buyurmoqda.

Ushbu tadbirda Ozarbayjon, Braziliya, Yunoniston, Hindiston, Xitoy, Latviya, Rossiya, AQSH, Ukraina, Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan professional sportchi va hakamlar ishtirok etadilar.

Pahlavon Mahmud olim, shoir, kuragi yerga tegmagan pahlavon boʻlib Puryovaliy nomi bilan Oʻrta Osiyo, Eron Afgʻoniston, Hindiston kabi koʻplab mamlakatlarda shuhrat topgan va hozirgi kunga qadar uning maʼnaviy merosi va asarlari yuksak qadrlanib kelinadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.