Qadim Xiva ochiq osmon ostidagi qadimiy va beqiyos goʻzal shahri. Bu maskandagi moviy gumbazlar koʻzni qamashtiradi.
Ochiq osmon ostidagi muzey-shaharning yana bir oʻziga xosligi shundaki, shahardagi koʻhna obidalarni minoralarsiz tasavvur etish qiyin.
Minora soʻzi arab tilida — mayoq, mashʼal maʼnolarini anglatadi. Moziyda minoralar karvonlar uchun “mayoq” vazifasini oʻtagan.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, XX asr boshlarida Xivadagi har bir masjid va madrasa yonida minora boʻlgan.
Hozirgi kunda Xivadagi minoralar soni oʻn ikkitani tashkil etadi.
GUJUM.UZ