Qoʻqonda I Xalqaro xalq amaliy sanʼati festivali boʻlib oʻtadi

0
798
марта кўрилган.

 10-15-sentyabr kunlari Qoʻqon shahrida I Xalqaro xalq amaliy sanʼati festivali boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati. 

Festival doirasida savdo yarmarkalari, tanlovlar, xorijiy va mahalliy ustalar mahorat darslari va folklor-etnografik guruhlar chiqishlari, shuningdek ilmiy-amaliy konferensiya uyushtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yurtimiz aholisi va mehmonlarini ushbu ajoyib, unutilmas taassurotlar va yaxshi kayfiyat bagʻishlashi kutilayotgan hodisada ishtirok etishga chaqiradi. 

I Xalqaro xalq amaliy sanʼati festivali doirasida turli xalq oʻyinlari, sportchilarning anʼanaviy kurash, ot sporti boʻyicha bellashuvlari, qoʻgʻirchoq teatri artistlari, dizaynerlar chiqishlari, oʻzbek anʼanaviy va raqs konsert dasturi namoyish etiladi.

Surat uza.uz saytidan olindi

Ёйиш

МУЛОҲАЗА БИЛДИРИШ

Мулоҳаза киритилмади!
Исми шарифингизни киритинг.