Qoʻqonda I Xalqaro xalq amaliy sanʼati festivali boʻlib oʻtadi

0
804
marta koʻrilgan.

 10-15-sentyabr kunlari Qoʻqon shahrida I Xalqaro xalq amaliy sanʼati festivali boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati. 

Festival doirasida savdo yarmarkalari, tanlovlar, xorijiy va mahalliy ustalar mahorat darslari va folklor-etnografik guruhlar chiqishlari, shuningdek ilmiy-amaliy konferensiya uyushtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yurtimiz aholisi va mehmonlarini ushbu ajoyib, unutilmas taassurotlar va yaxshi kayfiyat bagʻishlashi kutilayotgan hodisada ishtirok etishga chaqiradi. 

I Xalqaro xalq amaliy sanʼati festivali doirasida turli xalq oʻyinlari, sportchilarning anʼanaviy kurash, ot sporti boʻyicha bellashuvlari, qoʻgʻirchoq teatri artistlari, dizaynerlar chiqishlari, oʻzbek anʼanaviy va raqs konsert dasturi namoyish etiladi.

Surat uza.uz saytidan olindi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.