Saraton hujayralarini aniqlovchi mikroskop ixtiro qilindi

0
344
marta koʻrilgan.

“Google” mutaxassislari toʻqimalar namunalarida saraton belgilarini aniqlashga yordam beruvchi toʻldirilgan reallik ekraniga ega interaktiv mikroskopni ixtiro qilishdi.

Qurilma real vaqt rejimida kameradan olingan tasvirni skanerlaydi va xavfli oʻsimtalar boʻlgan hududlarni qayd etadi. Ishlab chiqaruvchilar yangi qurilmani har yili boʻlib oʻtadigan AACR konferensiyasida namoyish qilishdi. “Google Brain” texnik rahbari Martin Stumpe bunday mikroskop yaratishda mashina taʼlimini qoʻllash haqida soʻzladi.

Ishlab chiqaruvchilar qurilmaning okulyari va obyektivi oʻrtasiga ikki modulni joylashtirishga qaror qilishdi. Birinchi modul yorugʻlik nurlarining bir qismini yarim shaffof shisha orqali oʻtkazadi. Ularning bir qismi esa fotomatritsada aks etadi. Ikkinchi modul suratni loyihalashtiradi va uni namuna tasviriga qoʻyadi. Shundan soʻng algoritm ushbu toʻqima tasvirini qayta ishlaydi. Dasturda nuqsonlarning bir necha turini tahlil qilish mumkin. Biroq, “Google” mutaxassislari koʻkrak bezi saratoni va prostata saratoni metastaz (saraton xujayralarining boshqa aʼzolarga tarqab ketishi)lariga diqqatni qaratishdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.