Shaffoflik yoʻlida kechiladigan mashaqqatlar

0
166
marta koʻrilgan.

2018 yil 7 fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki sayyoxlikni tezkorlik bilan rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari» PP-3514 sonli toʻgʻrisidagi qarorini taʼminlash yuzasidan, har bir sohaga innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilish, tashkilot faoliyatini shaffofligini taʼminlash va korrupsiyani oldini olish maqsadida — Xiva «Ichan-Qalʼa» davlat muzey qoʻriqxonasida joylashgan muzeylarga elektron biletlar sotish va tashrif buyuruvchilarni hisobini yuritishni avtomatlashtirilgan tizimi, yaʼni turniketlar oʻrnatilishi boshlandi. Ushbu loyihaning 1 bosqichi ishga tushirildi.

2019 yil 15 aprel kunidan boshlab, ochiq osmon ostidagi muzey-shahar boʻlgan Ichan-Qalʼa xududiga kirish, muzeylar va diqqatga sozovor joylarni tomosha qilish uchun chiptalar yagona kassadan sotilishi va barcha koʻrgazma va diqqatga sozovor joylarni kirish qismlariga oʻrnatilgan smart-turniketlar orqali amalga oshirildi.

Muzey chiptalari maxalliy sayyohlarga 4 ta tarif rejasi va chet ellik sayyohlarga 3 ta tarif rejasi asosida sotiladi. Har xaftaning seshanba va juma kunlari — maktab oʻquvchilari va ularga hamroxlik qiluvchi ota-onalari yoki oʻqituvchilari muzeylarga bepul kirishi koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari — bolalar uylari va maxsus maktab internat tarbiyalanuvchilari, mexnat fahriylari, urush veteranlari yoki ularga tenglashtirilgan fuqarolar, nogironligi blganlar, xizmatdagi xarbiylar xam muzeylarga bepul kirishlari belgilangan.

«Muzeylarga elektron biletlar sotish va tashrif buyuruvchilarni xisobini yuritishni avtomatlashtirilgan tizimi» (turniket) loyixasi ishga tushirilgandan keyin — shahrimizga kelayotgan sayyohlar (chet ellik va maxalliy) hisobini toʻgʻri yuritish taʼminlandi va davlat byudjetiga tushumlar 200-250% barobariga oshdi. Hozirda Ota darvoza oldidan markaziy chiptaxonada 6 ta va Polvon darvozada 1ta bilet sotish nuqtasi faoliyat yuritmoqda. Yana 1 ta chiptaxona shahar ichida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Har kuni inkassatsiya xizmati toʻridantoʻgʻri markaziy chiptaxonadan soat 19:30 da kunlik naqd pullar tushimini olib ketilishi tizimi taʼminlangan.

Loyihani 2 bosqichida chiptalar masofadan turib sotilishi rejalashtirilgan. Bunda har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (sayohlik firmalari) masofadan turib oldindan elektron chiptalarini olish imkoniyati yaratiladi. Maxalliy sayyohlar oʻzlarinig mobil qurilmalari orqali (Slick va PayME) joyida toʻlovni amalga oshirishlari mumkin. Shaharni ichkari qismiga 4 ta oʻz-oʻziga xizmat qiluvchi maxsus info-kiosklar oʻrnatilishi ham rejalashtirilgan.

Loyixaning 3 bosqichida xalqaro tlov kartalaridan ham toʻlovlar qabul qilinishi yoʻlga qoʻyiladi.

Mazkur tizim sayyohlarni hisobini toʻgʻri yuritilishida va davlat byudjetiga pul tushumlarining shaffofligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Muzey-shaharda 4 ta asosiy kirish darvozalari va Qalʼaning 2 ta qismi ochiq holatda. Hozirda faqat Ota darvoza va Polvon darvozada turniketlar oʻrnatilgan. Maxalliy aholi vakillari shaharga kirish va chiqishlari qolgan 2 ta darvoza (Bogʻcha darvoza va Tosh darvoza) va qalʼaning ochiq qismlaridan amalga oshirilmoqda. Tub aholining Ota darvoza va Polvon darvoza orqali kirib-chiqishlari uchun maxsus ruxsat beruvchi hujjatlari ishlanmoqda.

Shuni taʼkidlash joizki, hattoki gidlar ham xorijlik turistlarni barchasini roʻyxatdan oʻtkazishmoqda (misol tariqasida shunday holatlar boʻlganki, oldinlari gidlar bilan 20 nafar turist tashrif buyursa, uning 15tasigina roʻyxatdan oʻtgan). Shuningdek, «Ichan-Qalʼa» davlat muzey qoʻriqxonasi hududida istiqomat qilmaydigan, ammo uning tashqari hududida yashaydiganlarga haqiqatdan ham noqulay sharoit yaratildi, lekin shahar bedarvoza emas, unga yoʻlni qisqartirish uchun, yaʼni manzilni yaqinlashtirish maqsadida muzey qoʻriqxonasidan kesib oʻtish shart emasku?  

Yaʼni, Anhor.uz ijtimoiy saytida “Vnov chinovnichya glupost – v svoy dom cherez turniket i za dengi?” nomli maqolasiga oydinlik kiritish maqsadida Madaniyat vazirligi matbuot kotibi holat yuzasidan aniqlik kiritib oʻrgandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.