Mustakilligimizning 31 yilligi arafasida Toshkent shahriga safar kildik. Shu safar davomidagi taassurolarimni kogozga tushirgim kelib koldi.
Nabiralarimni olib, yangi Oʻzbekiston bogʻiga bordik. U yerda oʻzbek xalqining buyuk tarixi aks etgan manumentlarning mazmun- mohiyatini nevaralarimga gapirib berdim.
Undan Amir Temur muzeyiga bordim. Muzeyga kirib chiptaxonaga yakinlashdik. Shu yerning oʻzidayoq Oʻzbekistonimizdagi keksalarga boʻlgan xurmat, kichiklarga boʻlgan izzatning guvohi buldim.
Nafakada boʻlganingiz uchun sizga bepul va maktabgacha boʻlgan bolalarga ham bepul deyishdi.
Nabiralarim bilan muzeyni mazza qilib tomosha kildim. Mening bu muzeyda uchinchi marta boʻlishim. Har gal u yerdan yangi — yangi taassurotlarni olaman. Ayniqsa, nabiralarimga Amur Temur davridagi tangalar kolleksiyasi, qadimiy milliy liboslar yokib koldi.
U yerdan kaytar ekanmiz metroga tushdik. Metrodagi yoʻlovchi yoshlar keksalarni hurmat qilishyapti. Darrov oʻrnidan turib, keksalarga va bolalarga joy berishyapti.
Shunday ajoyib Vatanim borligidan faxrlanib ketdim.
Jumagul ROʻZMETOVA, Gurlan tumani