Toshkentda elektron musiqa festivali oʻtkaziladi

0
173
views

Poytaxtimizda Italiya, Fransiya, Ukraina, Gruziya va Rossiyalik prodyuser va didjeylar, shuningdek mahalliy elektron sahna vakillari ishtirokida 8 va 9 iyun kunlari «Vosxod» elektron musiqa festivali boʻlib oʻtadi.

Tadbirdan  maqsad – koʻngilochar yoshlar turizmini yanada rivojlantirish va uni zamonaviy madaniyat trendlariga tayyorligini namoyish etishdir. Ushbu tadbir yurtimizda dunyoning turli mamlakatlaridan elektron musiqa ishqibozlari va sayyohlar uchun ochiq boʻlgan musiqa festivalini muntazam ravishda oʻtkazishning dastlabkisi boʻladi.

Festival tashkilotchilari Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda «Akustika fakulteti» promouterlik kompaniyasi hisoblanadi.

Ikki kunlik tadbir Mirzo-Ulugʻbek nomidagi Markaziy bogʻda boʻlib oʻtadi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here