Boks qiroli Muhammad Ali Londonga safar qilganida…

0
287
marta koʻrilgan.

AQSHlik boks qiroli Muhammad Alining hayoti, mashhurligi oʻziga xos.  U nafaqat boks olamida mashhur. Uning islom olamiga kirib kelishi ham oʻziga xos. U qora tanlilarning oq tanlilar bilan teng koʻrilmasligidan hamisha aziyat chekib kelgan.  Islom dinida irqchilikning yoʻqligi uni ushbu dinga ixlosini oshirgan. Va ushbu dinni qabul qilgan.

 Londonga safar qilganida, bir jurnalist undan soʻradi:

— Siz Islom diniga sigʻinasiz, shundaymi?

Muhammad Ali javob qildi:

— Alhamdulillah, musulmonman!

Jurnalist yana soʻradi:

— Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi egizak binolarni portlatganlar sizning diningiz vakillari ekanligiga qanday qaraysiz?

Ali shunday dedi:

— «Dunyodagi eng vahshiy odam» deya nom olgan Gitler sizning diningiz vakili edi-ku?! Ayb sizning diningizdami yoki Gitlerdami? Endi hamma Gitler va unga oʻxshagan xatokor yomonlardan nafratlanishi kerakmi yoki sizning diningizdanmi?

— Singlim, toʻgʻri, har bir musulmon mukammal emas, ammo Islom mukammaldir!

Bokschining siyosatchilarga xos mushohadasi ham kishini hayratlantiradi. Allohning nuri tushgani shu boʻlsa kerak.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.