Intilganga tole yor deganlaridek, keniyalik Kimani Maruge keksayganda orzusiga erishdi. Ilm olish baxtiga muyassar boʻldi.
Kimani Maruge dunyodagi eng qari oʻquvchi hisoblanadi. U 84 yoshida 1-sinfda tahsil olish uchun maktabga borgan va ishtiyoq bilan bilim olgan.
Afsuski, maktabni bitirganlik haqidagi attestatni olishga ulgurmadi. Biroq, koʻngli tubidagi armonini roʻyobga oshirishga erishgani uning uchun katta baxt-saodat boʻlgan.