Xiva Turk dunyosining madaniy poytaxti boʻlishi kutilmoqda

0
335
marta koʻrilgan.

2020 yilda Oʻzbekistonning Xiva shahri Turk dunyosining madaniy poytaxti deb eʼlon qilinishi kutilmoqda. Shahar ushbu nomga daʼvogarlar roʻyxatidan oʻrin olgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Jahongir Xidayxodjayev maʼlum qildi. 

Turk dunyosi madaniy poytaxti sifatida har yili Turkiy tilli davlatlar shaharlaridan biri tanlab olinadi. 2018 yil ushbu nom Turkiyaning Kastamonu shahriga nasib etgan edi. 2019 yilda esa bu maqomga Qirgʻizistonning Oʻsh shahri egalik qilmoqda. 

Mazkur maqom Turksoy xalqaro madaniyati tashkiloti tomonidan beriladi. Tashkilot Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Turkmaniston ishtirokida 1993 yil 12 iyulda tashkil topgan. Uning bosh qarorgohi esa Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan. Hozirgi vaqtda tashkilotga 13 mamlakat aʼzo. 

Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.