Berlin Islom sanʼati muzeyi 1904 yilda tashkil etilgan. Uning kolleksiyasi sanʼat va hunarmandchilik, shuningdek, islom dunyosining deyarli barcha qismlaridan olingan arxeologik artefaktlarga asoslangan. Osori-atiqalardan biri Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasini bezab turgan yulduz shaklidagi marmar koshindir.
1923 yilda Berlin muzeyi past relefdagi nafis naqsh bilan bezatilgan yulduz shaklidagi noyob marmar kafel sovgʻa oldi. Ushbu naqsh yulduz shaklidagi fonda besh bargli rozetni oʻz ichiga oladi. Taxminlarga koʻra, bu marmar parcha bir vaqtlar Samarqanddagi Registon maydonidagi Ulugʻbek madrasasini bezab turgan. U hozirgi Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlar hududida 14-15-asrlarning oxirgi uchdan birida hukmronlik qilgan Amir Temur va temuriylar davriga oid yodgorlik.
Amir Temur va uning merosxoʻrlari saltanati davri koʻplab harbiy yurishlar bilan kechgan boʻlishiga qaramay, u tarixga madaniyat va sanʼatning yuksak gullab-yashnashi davri sifatida kirdi. Temur oʻzining yangi poytaxti Samarqandga barcha bosib olingan yurtlardan meʼmorlar, rassomlar va hunarmandlarni faol olib keldi. Bu hunarmandlar mahalliy isteʼdodlar bilan birgalikda kattaligi va badiiy dizayni bilan hayratlanarli ajoyib binolarni yaratdilar.
Mavzu haqida batafsil maʼlumotni «Oʻzbekiston madaniy merosi. Germaniya Federativ Respublikasi toʻplamlari» kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriyell-Group neft xizmatlari kompaniyasi