“Barkamol qizlar klubi”  loyihasi  Sirdaryoda faoliyatni boshladi

0
285
marta ko‘rilgan.

 Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi Paxtaobod qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida ushbu loyihaning ilk mahorat darsi o‘tkazildi. Bir qator xalqaro olimpiadalar ishtirokchisi, yosh dasturchi, “Yoshlar ovozi” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining mutloq g‘olibasi Dilobar Qorabekova klubning ilk treningini boshlab berdi.

Trening asosini ochiq muloqot tashkil etdi. Klub ishtirokchilari savollarining asosiy qismini to‘g‘ri kasb tanlash, kelajakdagi orzularga yetishishda to‘siq bo‘layotgan qo‘rquvdan qanday qilib xalos bo‘lish haqidagi mavzular  tashkil etdi va bu qizg‘in bahs-munozaraga aylanib ketdi.

“Bundan bir necha yil ilgari Jahon tillari universiteti talabasi bo‘lgan Gavhar Sagdullaeva asos solgan loyiha qizlarning hayotda o‘z o‘rnini topishlari, jamiyatda faol bo‘lishlari, ularning hayotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlash ya’ni, ham ruhan, ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun ko‘maklashib kelyapti. Endilikda bu loyiha sirdaryolik qizlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashadigan eng yaqin do‘sti, qanotiga aylanadi”, – deydi loyihaning faoliyatini Sirdaryoda olib borishga ahd qilgan Aziza Abierqulova.

 

AZIZA ASQARJON QIZI

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.