Magniy qon tomirlarini kengaytiradi

0
2321
marta ko‘rilgan.

Inson salomatligida magniyning ahamiyati katta. Uning ko‘p qismi suyak to‘qimalari tarkibida bo‘ladi. Qon plazmasida, eritrotsitlar va yumshoq to‘qima tarkibida bu element asosan ionlashgan holda uchraydi. Shuningdek, uning ko‘pgina qismi yana oqsillar, ayniqsa ferment oqsillari bilan bog‘langan. Agar hayvonlar magniy tuzlari bo‘lmagan ozuqa bilan boqilsa, ularning yurak faoliyati buzilib,  ya’ni tirishish kasalligiga uchrab nobud bo‘ladi. Maboda, qonga ko‘p miqdorda magniy tuzlari yuborilsa, kishiningboshi aylanadi, bu holat magnezial narkoz deb ataladi.

Magniy qon tomirlarini kengaytiruvchi, ichak peristaltikasini stimullovchi, o‘t ajralishini ko‘paytiruvchi xususiyatga ega. Magniy birikmalari – magniy sulfat, magniy karbonat, magniy tiosulfat kabilar dori vositasi sifatida ishlatiladi. Ichak qon tomirlari devorlarida, yurak va suyak muskullarida magniy yetishmasa, ularda kalsiy ko‘payishi tajribalarda aniqlangan.

Kishi organizmining magniyga bo‘lgan extiyoji asosan oziq-ovqat mahsulotlari hisobiga qondiriladi. Ayniqsa, homiladorlar  va emizikli ayollar organizmining magniyga bo‘lgan ehtiyoji kuchli. Katta yoshdagi kishilar bir kunda 500 mg, homiladorlar 925 mg, emizikli ayollar 1250 mg, 3 yashargacha bolalar 140 mg, 14-17 yashargacha bolalar 530 mg magniy iste’mol qilishlari lozim.

 Oziq – ovqat mahsulotlaridan loviya, suli, grechka yormasida, no‘xatda va boshqa dukkakli mahsulotlarda magniy ko‘p bo‘ladi. Go‘sht va sut mahsulotlarida esa magniy kam.

Fazilat Sa’dullayeva,

1-Respublika tibbiyot

 kolleji katta o‘qituvchisi

 

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.