Oksana Chusovitinadan yana bir ajoyib natija

0
130
marta koʻrilgan.

Xitoyning Chjaotsin shahri sport gimnastikasi boʻyicha “FIG World Challenge Cup”ning birinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Quvonarlisi, musobaqaning tayanib sakrash sektorida ishtirok etgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina yana bir bor shohsupaga koʻtarildi.

Chusovitina bugun oʻzining sevimli yoʻnalishida 14.350 ball jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Bu esa unga yakunda kumush medalni taqdim qildi. Bellashuvda oltin medal xitoylik Yu Linminga nasib etgan boʻlsa, malayziyalik Yuex Tan In kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.