Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼlumotiga koʻra ayni vaqtgacha Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 29 taga oshib, 133 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan yetti nafari sogʻayib uyiga kuzatilgan. Yettigina boʻlsada bu xabar quvontiradi. Chunki, yaxshi tomonga oʻzgarish bor.
Biroq, mamlakatimizda koronavirusga chalingan bemorlar soni kechagi kunga nisbatan deyarli ikki borabor koʻpaygan. Ana shunday ogʻir sharoitda mehnat qilayotgan shifokorlarimizni ham asrang. Uyda qoling, oila davrasida zavqlanib yashashga oʻrganing! Bu damlar ham gʻanimat. Mutolaa zavqini suring.
Oʻzingizni, oilangizni, el-yurtni, jumladan shifokorlarni ham qaygʻuring, yaqinlaringiz davrasida uyda boʻling. Ertadan shaxsiy mashinalarning ham koʻchaga chiqishi taʼqiqlanadi.
Yurtimizdagi bahoriy goʻzalliklardan, olamning nafosati gullar chiroyidan, inson qoʻli bilan yaratilgan Botanika bogʻidagi nafosatdan onlayn bahramand boʻling. Kayfiyatni koʻtaring! Ruhiyatingiz yuksalishida tilakdoshmiz!
gujum.uz sayti jamoasi nomidan jahonga jumladan, el -yurtimizga kelgan bu kasallik balosidan tezroq qutilishimizni Ollohdan soʻrab qolamiz.