Bugun kasallanganlar soni deyarli 2 barobar oshib, 133 nafarga yetdi. Biroq, yaxshi tomonga oʻzgarish ham bor…

0
251
marta koʻrilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼlumotiga koʻra ayni vaqtgacha Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 29 taga oshib, 133 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan yetti nafari sogʻayib uyiga kuzatilgan. Yettigina boʻlsada bu xabar quvontiradi. Chunki, yaxshi tomonga oʻzgarish bor.

Biroq, mamlakatimizda  koronavirusga  chalingan bemorlar soni kechagi   kunga nisbatan deyarli ikki borabor koʻpaygan.  Ana shunday ogʻir sharoitda mehnat qilayotgan shifokorlarimizni ham asrang.  Uyda qoling,  oila davrasida  zavqlanib yashashga oʻrganing!  Bu damlar ham gʻanimat. Mutolaa zavqini suring.

Oʻzingizni, oilangizni, el-yurtni, jumladan shifokorlarni ham qaygʻuring, yaqinlaringiz davrasida uyda boʻling.  Ertadan shaxsiy mashinalarning ham  koʻchaga chiqishi   taʼqiqlanadi.

Yurtimizdagi bahoriy  goʻzalliklardan, olamning nafosati gullar chiroyidan, inson qoʻli bilan yaratilgan Botanika bogʻidagi nafosatdan onlayn bahramand boʻling. Kayfiyatni koʻtaring!  Ruhiyatingiz yuksalishida tilakdoshmiz!

gujum.uz sayti jamoasi nomidan jahonga jumladan, el -yurtimizga kelgan bu kasallik balosidan tezroq  qutilishimizni Ollohdan soʻrab qolamiz.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.