«Ezgu niyatli bolalar» tanlovi: “Quyonlar saltanatining shahanshohi” nomli romanini oʻqishni tavsiya qilamiz

0
294
marta koʻrilgan.

Biz Yakkasaroy tumanida joylashgan  160-sonli umumtalim maktabida oʻqiymiz.  Yozgi taʼtilni kitob oʻqish bilan oʻtkazyapmiz. Bizning eng sevimli mashgʻulotimiz mutolaa.

Opamning va mening ham eng yaxshi koʻrgan yozuvchilarimizdan biri  Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev boʻladi!  Adib oʻzbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir. Asarlari dunyoning koʻpgina tillariga tarjima qilingan.

Adibning  „Sariq devni minib“, „Sariq devning oʻlimi“, „Besh bolali yigitcha“, „Qasoskorning oltin boshi“, „Shirin qovunlar mamlakati“ asarlarini oʻqiganmiz. Kitoblari  yumorga boyligi bilan ajralib turadi. Bolalar hayoti, ularning oʻziga xos tabiati,  ruhiy kechinmalari nihoyatda  qiziqarli va bolalarbop tarzda mahorat bilan tasvirlangan. 

Biz opam bilan  ayni kunda  Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Quyonlar saltanatining shahanshohi” nomli romanini oʻqidik.

 Ushbu asar  onasiz qolgan va oʻgay ona qoʻlida qiynalgan bola haqida hikoya qiladi. U kitob bizlarga qiyinchiliklardan qoʻrqmaslikka, tirishqoq boʻlishga, xech qachon oʻz maqsadidan ortga chekinmaslikka oʻrgatadi. Biz bu kitobni juda sevib va katta qiziqish bilan oʻqidik. Bizlarga ushbu asar juda katta ruhiyat, kayfiyat bagʻishladi.

Aziz tengdoshlar, ushbu kitobni oʻqishni sizlarga ham tavsiya qilamiz.

Opa — singil Xolida  va Umida Xasanovalar 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.