Olmazor tumanidagi “Qichqiriq” MFY da Toshkent shahar “Bilim“ axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan imkoniyati cheklangan insonlar uchun koʻchma kutubxona tashkil etildi.
“Mehr kutubxonasi» deya nomlangan tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari hamda Toshkent shahar “Bilim“ AKM mutaxassislari mahalladagi jismoniy imkoniyatlari cheklangan oilalarga tashrif buyurib, kutubxona faoliyati, fondidagi turli sohaga oid adabiyotlar, yangi chiqqan kitob nashrlari, adiblar faoliyati haqida soʻzlab berishdi.
«Har qanday muammo ilm orqali yechiladi. Kitob inson qalbiga hotirjamlik, osoyishtalik bagʻishlaydi»,- deydi ”Bilim” AKM mutaxassisi Sh. Atadjanova.
U koʻchma koʻrgazmadagi adabiyotlarga bibliografik sharh berib oʻtdi va koʻchma kutubxonaning ahamiyati xaqida oʻz mulohazasini bildirdi.
“Mehr kutubxonasi» ishtirokchisi va uning oila aʼzolari AKM mutaxassislariga va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Bunday eʼtibordan koʻngillari koʻtarilganligini, yashashga, hayotga boʻlgan ishtiyoqlari yanada oshganligini alohida taʼkidlashdi.
“Mehr kutubxonasi» loyihasi doirasidagi tadbirlar poytaxtimizning koʻplab mahallalalarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
gujum.uz