Hamkorlarimiz faoliyatidan yangi tashabbus: “Mehr kutubxonasi» loyihasi davom qiladi

0
342
marta koʻrilgan.

Olmazor tumanidagi “Qichqiriq” MFY da  Toshkent shahar “Bilim“ axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan imkoniyati cheklangan insonlar uchun koʻchma kutubxona tashkil etildi.

 “Mehr kutubxonasi» deya nomlangan tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari hamda Toshkent shahar “Bilim“ AKM mutaxassislari  mahalladagi jismoniy imkoniyatlari cheklangan oilalarga tashrif buyurib, kutubxona faoliyati, fondidagi turli sohaga oid  adabiyotlar, yangi chiqqan kitob nashrlari, adiblar faoliyati haqida  soʻzlab berishdi.

«Har qanday muammo  ilm orqali yechiladi. Kitob inson qalbiga hotirjamlik, osoyishtalik bagʻishlaydi»,- deydi ”Bilim” AKM mutaxassisi Sh. Atadjanova.

U koʻchma koʻrgazmadagi adabiyotlarga bibliografik sharh berib oʻtdi  va koʻchma kutubxonaning ahamiyati xaqida oʻz mulohazasini bildirdi. 

“Mehr kutubxonasi» ishtirokchisi va uning oila aʼzolari  AKM mutaxassislariga va  Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Bunday eʼtibordan koʻngillari koʻtarilganligini, yashashga, hayotga boʻlgan ishtiyoqlari yanada oshganligini alohida taʼkidlashdi.

“Mehr kutubxonasi» loyihasi doirasidagi tadbirlar  poytaxtimizning koʻplab mahallalalarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.