Ajdodlarga munosib boʻl

0
290
marta koʻrilgan.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari, akademik litseylar oʻquvchilarining maʼnaviyat darslari va madaniy tadbirlarini Adiblar xiyobonida oʻtkazish anʼanaga aylandi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida  Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir  Azim Suyun ishtirokida “Ajdodlarga munosib boʻl!” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Soliq akademiyasi talabalari, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari va  «International House-Tashkent» akademik litseyi oʻquvchilari qatnashdi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Nodir Jonuzoq uchrashuvni savol-javob tarzida olib borib unga yanada qizgʻin tus bagʻishladi.

Azim Suyun mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish va dunyo tamadduniga munosib hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizga munosib avlod boʻlish  har bir farzandning burchi ekanligini taʼkidlab, oʻzi  ijodidan namunalari oʻqib berdi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.