Mavlono Rumiy hikmati: Gul suvga oshiq boʻlibdi…

0
792
marta koʻrilgan.

Gul suvga oshiq boʻlibdi…
Suvga:
– Seni sevaman,– deb aytdi. Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi.
Oradan biroz vaqt oʻtib, takror Gul Suvga:
– Seni sevaman, – dedi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – deya javob berdi…
Bir kuni gul kasal boʻlib, soʻlib qolibdi…
Suv bu holni koʻrib istirob ila tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirdi va Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib:
– Gulga nima boʻlgan ekan? – deya tabibga iltijo ila boqdi…
Tabib esa:
– Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi, – afsus ila javob qilibdi…

Rivoyatning hikmati shuki, Ishq — faqat seni sevaman!– deya goʻzal soʻzlar aytib, iltifotlar koʻrsatib, shirin gaplar ila choʻlgʻashdan  iborat emas. Sevgu bu – bir birilariga mehr bermok, koʻnglini anglamoq va ezgu amallar ila dilini xush hamda mushkulini oson qilmoqdir.

Hikmatlar xazinasi boʻlmish alloma Mavlono Rumiyning oxirati obod boʻlsin…

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.