Gul suvga oshiq boʻlibdi…
Suvga:
– Seni sevaman,– deb aytdi. Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi.
Oradan biroz vaqt oʻtib, takror Gul Suvga:
– Seni sevaman, – dedi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – deya javob berdi…
Bir kuni gul kasal boʻlib, soʻlib qolibdi…
Suv bu holni koʻrib istirob ila tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirdi va Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib:
– Gulga nima boʻlgan ekan? – deya tabibga iltijo ila boqdi…
Tabib esa:
– Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi, – afsus ila javob qilibdi…
Rivoyatning hikmati shuki, Ishq — faqat seni sevaman!– deya goʻzal soʻzlar aytib, iltifotlar koʻrsatib, shirin gaplar ila choʻlgʻashdan iborat emas. Sevgu bu – bir birilariga mehr bermok, koʻnglini anglamoq va ezgu amallar ila dilini xush hamda mushkulini oson qilmoqdir.
Hikmatlar xazinasi boʻlmish alloma Mavlono Rumiyning oxirati obod boʻlsin…