Qoʻlingizga, dilingizga tikangul sanchilgandek boʻlsa ham eshaklar bilan bahslashmang

0
362
marta koʻrilgan.

MASAL, Kunlardan bir kun eshak bilan yoʻlbars uchrashib qolibdi.  Eshak yoʻlbarsga debdi: — Maza qilib oʻtladim. Oʻtlarning rangi koʻkligiga qara.

Yoʻlbars javob beribdi: — Maza qilgan boʻlsang osh boʻlsin. Biroq,  oʻtlarning rangi  yashil!

Ular bahslashib qolishibdi va oʻzaro janjal kelib chiqibdi.

Kelishmovchilikni hal qilish uchun oʻrmon shohi sherning oldiga borishibdi. Ular oʻrmondagi sher oʻtirgan joyga yetib borishi bilanoq, eshak yigʻlay boshlabdi: — Janobi oliylari, oʻtning koʻk ekanligi rostmi?

Sher javob beribdi: — Ha, oʻtlar koʻk.

Eshak xursand boʻlib davom etibdi: — Yoʻlbars gapimni rad etib, men bilan bahslashyapti, meni bezovta qilyapti. Iltimos, uni jazolang.

Hayvonlar shohi qarorini eʼlon qilibdi: — Yoʻlbars jazolanadi. U 5 yil sukut saqlashga mahkum! 

Eshak xursand boʻlib sakrab ketibdi va mamnunlik bilan takrorlabdi: — Maysalar koʻk, oʻtlar koʻk …

Yoʻlbars jazodan norozi boʻlib, sherdan soʻrabdi: — Janobi oliylari, nega meni jazolayapsiz? Maysalar yashil emasmi?

Sher javob beribdi: — Darhaqiqat, oʻtlar yashil.

Hayron qolgan yoʻlbars yana  soʻrabdi: — Unda nega meni jazolayapsiz?

Sher javob beribdi: — Seni jazolaganimning oʻtlar koʻk yoki yashil ekanligiga hech qanday aloqasi yoʻq. Sen olgan jazo shuning uchunki, yoʻlbars kabi jasur va aqlli hayvon eshak bilan bahslashib vaqtini behuda oʻtkazmaydi. Va keyin mening oldimga bunday murojaat bilan kelmaydi. Eng yomoni haqiqatni oʻylamay, faqat oʻz gʻalabasini oʻylaydigan ahmoq bilan bahslashishdir.

Qissadan hissa: Hech qachon behuda bahslarga vaqt sarflamang! Shunday odamlar borki, ularga qanchalik dalillar keltirmang, xatosini tan olmaydi. Ular xohlagan yagona narsa — bu nima boʻlishidan qatʼi nazar oʻz gapini oʻtkazish!

Madinaxon TOPILOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.