Tanlovda davlat roʻyxatidan oʻtgan Toshkent shahri NNTlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi yoʻnalishlardagi loyihalari koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi:
- Aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha “Mahalla – sektor – tuman” tamoyili asosida manzilli hamkorlik tizimini joriy etish;
- “Xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi” tamoyilini hayotga joriy etish orqali aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik hamda hunarmandchilikni ragʻbatlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning oʻrni;
- Oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalashda mahalliy davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
- Oilaviy ajrimlar, noqonuniy va erta nikohlarni oldini olishda, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda davlat organlari bilan nodavlat tashkilotlarning ijtimoiy hamkorligi;
- “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” gʻoyasini hayotga tatbiq etish, notinch va muammoli oilalar va fuqarolarga ruhiy kechinmalarini yengishda psixolog koʻmagini kuchaytirish;
- Keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ogʻir ahvolga tushib qolgan insonlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat koʻrsatishda davlat organlariga koʻmaklashish;
- Nuroniylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning boy tajribasi, foydali maslahatlarini yoshlarga chinakam tarbiya maktabi sifatida singdirish,
- Yoshlarni giyohvandlik, axloqsizlik va boshqa zararli taʼsirlardan himoya qilishda taʼlim muassasasi, oila va mahalla institutlari bilan ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish;
- Turli millat vakillari oʻrtasida doʻstlik va qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlash, madaniyatlar mushtarakligini keng targʻib qilish;
- “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʻoyasi asosida mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir (taniqli sanʼat, fan, taʼlim, sport va turli soha vakillari) va kechalarni tashkillashtirish;
- “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturi ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, dastur ijrosini mahalliy va xorijiy OAVlarida keng yoritish;
- “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturi – islohotlar makoni” rukni ostida maqola, radioeshittirish, videolavha va roliklarni tayyorlash.
Tanlovlarda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi soʻraladi:
- Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
- Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondining telegramm kanalida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
- Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
- Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (nusxasi);
- Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
- Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari (imkon qadar).
Bitta loyiha uchun ajratiladigan mablagʻ miqdori – 40 000 000 soʻmgacha. Loyihalar ijro muddati 1 yilgacha muddatda boʻlishi lozim.
Hujjatlar qabul qilish 2022 yil 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi.
Tanlov boʻyicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 formatda): Toshkent shahri, 100066. Islom Karimov koʻchasi, 51-uy manzilida joylashgan Toshkent shahar hokimligining 2-qavat 206-xonada joylashgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga yuborilishi kerak.
Tanlov shartlari va taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar toʻgʻrisida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat Fondining “Toshkent shahar Jamoat fondi” kanali va ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun tel: 97-775-50-51.