Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda nodavlat notijorat tashkilotlarning faol ishtirokini taʼminlash” mavzusidagi Davlat grantining 2-tanlovini eʼlon qiladi

0
362
marta koʻrilgan.

Tanlovda davlat roʻyxatidan oʻtgan Toshkent shahri NNTlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi yoʻnalishlardagi loyihalari koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi:

  1. Aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha “Mahalla – sektor – tuman” tamoyili asosida manzilli hamkorlik tizimini joriy etish;
  2. “Xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi” tamoyilini hayotga joriy etish orqali aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik hamda hunarmandchilikni ragʻbatlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning oʻrni;
  3. Oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalashda mahalliy davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
  4. Oilaviy ajrimlar, noqonuniy va erta nikohlarni oldini olishda, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda davlat organlari bilan nodavlat tashkilotlarning ijtimoiy hamkorligi;
  5. “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” gʻoyasini hayotga tatbiq etish, notinch va muammoli oilalar va fuqarolarga ruhiy kechinmalarini yengishda psixolog koʻmagini kuchaytirish;
  6. Keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ogʻir ahvolga tushib qolgan insonlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat koʻrsatishda davlat organlariga koʻmaklashish;
  7. Nuroniylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning boy tajribasi, foydali maslahatlarini yoshlarga chinakam tarbiya maktabi sifatida singdirish,
  8. Yoshlarni giyohvandlik, axloqsizlik va boshqa zararli taʼsirlardan himoya qilishda taʼlim muassasasi, oila va mahalla institutlari bilan ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish;
  9. Turli millat vakillari oʻrtasida doʻstlik va qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlash, madaniyatlar mushtarakligini keng targʻib qilish;
  10. “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʻoyasi asosida mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir (taniqli sanʼat, fan, taʼlim, sport va turli soha vakillari) va kechalarni tashkillashtirish;
  11. “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturi ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, dastur ijrosini mahalliy va xorijiy OAVlarida keng yoritish;
  12. “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturi – islohotlar makoni” rukni ostida maqola, radioeshittirish, videolavha va roliklarni tayyorlash.

 Tanlovlarda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi soʻraladi:

  1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati; 
  2. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondining telegramm kanalida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
  3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
  4. Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (nusxasi); 
  5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
  6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari (imkon qadar).

Bitta loyiha uchun ajratiladigan mablagʻ miqdori – 40 000 000 soʻmgacha. Loyihalar ijro muddati 1 yilgacha muddatda boʻlishi lozim.

Hujjatlar qabul qilish 2022 yil 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi.

Tanlov boʻyicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 formatda): Toshkent shahri, 100066. Islom Karimov koʻchasi, 51-uy manzilida joylashgan Toshkent shahar hokimligining 2-qavat 206-xonada joylashgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga yuborilishi kerak.

Tanlov shartlari va taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar toʻgʻrisida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat Fondining “Toshkent shahar Jamoat fondi” kanali va ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun tel: 97-775-50-51.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.