2018 yil 1 apreldan boshlab elektr energiyasining narxlari oshadi

0
148
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2018 yil 14 martdagi 19-03-22-06-OʻzR-6-2018 sonli Reestri

Guruh

Nomi

Narxi

I guruh

Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq boʻlgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tariflar boʻyicha hisob-kitob qiladigan isteʼmolchilar, byudjet tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va suv isteʼmolchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno

228 soʻm 60 tiyin

II guruh

Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif boʻyicha hisob-kitob qiladigan isteʼmolchilar, maishiy isteʼmolchilardan tashqari

228 soʻm 60 tiyin

III guruh

Maishiy isteʼmolchilar

228 soʻm 60 tiyin

Elektr plitalar bilan jihozlangan, oʻn qavatdan yuqori boʻlgan koʻpxonadonli turar joylari va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun

114 soʻm 30 tiyin

IV guruh

I va II tarif guruhlari isteʼmolchilari tomonidan texnologik maqsadda elektr isitish, shuningdek binolarni isitish, issiq suv taʼminoti va ovqat tayyorlashda foydalanilgan elektr energiyasi uchun

241 soʻm 50 tiyin

Izoh:

1.Ushbu tariflar 1 kVt soat elektr energiyasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʻi-energetika resurslari bilan oʻz vaqtida taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 2017 yil 14 noyabrdagi 913-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2018 yil 12 yanvar 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidasiga asosan oʻrnatilgan.

2.Ushbu reestr kuchga kirishi bilan 2017 yil 29 iyundan amal qilgan 19-03-22-06-OʻzR-29-2017 sonli Reestri oʻz kuchini yoʻqotadi.

Manba: «Oʻzbekenergo» aksiyadorlik jamiyati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.