Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2018 yil 14 martdagi 19-03-22-06-OʻzR-6-2018 sonli Reestri
Guruh |
Nomi |
Narxi |
I guruh |
Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq boʻlgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tariflar boʻyicha hisob-kitob qiladigan isteʼmolchilar, byudjet tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va suv isteʼmolchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno |
228 soʻm 60 tiyin |
II guruh |
Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif boʻyicha hisob-kitob qiladigan isteʼmolchilar, maishiy isteʼmolchilardan tashqari |
228 soʻm 60 tiyin |
III guruh |
Maishiy isteʼmolchilar |
228 soʻm 60 tiyin |
Elektr plitalar bilan jihozlangan, oʻn qavatdan yuqori boʻlgan koʻpxonadonli turar joylari va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun |
114 soʻm 30 tiyin |
|
IV guruh |
I va II tarif guruhlari isteʼmolchilari tomonidan texnologik maqsadda elektr isitish, shuningdek binolarni isitish, issiq suv taʼminoti va ovqat tayyorlashda foydalanilgan elektr energiyasi uchun |
241 soʻm 50 tiyin |
Izoh:
1.Ushbu tariflar 1 kVt soat elektr energiyasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʻi-energetika resurslari bilan oʻz vaqtida taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 2017 yil 14 noyabrdagi 913-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2018 yil 12 yanvar 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidasiga asosan oʻrnatilgan.
2.Ushbu reestr kuchga kirishi bilan 2017 yil 29 iyundan amal qilgan 19-03-22-06-OʻzR-29-2017 sonli Reestri oʻz kuchini yoʻqotadi.