AFC U20 Women’s Asian Cup™ Uzbekistan 2024 turnirining guruh bosqichi nihoyasiga yetdi

0
66
marta koʻrilgan.

Poytaxtimizdagi “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi stadionida yigirma yoshli qizlar oʻrtasida Osiyo kubogi bahslarining 3-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.

Sakkiz  jamoa ishtirok etayotgan xalqaro turnir bir vaqtning oʻzida “Doʻstlik” oʻyingohida ham boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston hamda Koreya Respublikasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan futbol bahsi (0-13) bilan guruh bosqichlari nihoyasiga yetdi. Guruhda 3 ta uchrashuv oʻtkazildi. Afsuski, uchalasida ham imkoniyatlar boy berildi.

Ilhom Xonjariyev murabbiyligidagi Oʻzbekiston qizlari oʻz ustilarida hali koʻp-koʻp ishlashlari kerak boʻladi. Mutaxassislar bu borada chuqurrok oʻylab koʻrishlari kerak.

 gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.