Poytaxtimizdagi “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi stadionida yigirma yoshli qizlar oʻrtasida Osiyo kubogi bahslarining 3-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
Sakkiz jamoa ishtirok etayotgan xalqaro turnir bir vaqtning oʻzida “Doʻstlik” oʻyingohida ham boʻlib oʻtmoqda.
Oʻzbekiston hamda Koreya Respublikasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan futbol bahsi (0-13) bilan guruh bosqichlari nihoyasiga yetdi. Guruhda 3 ta uchrashuv oʻtkazildi. Afsuski, uchalasida ham imkoniyatlar boy berildi.
Ilhom Xonjariyev murabbiyligidagi Oʻzbekiston qizlari oʻz ustilarida hali koʻp-koʻp ishlashlari kerak boʻladi. Mutaxassislar bu borada chuqurrok oʻylab koʻrishlari kerak.
gujum.uz