Besh nafar karatechimiz Sloveniyadagi musobaqada oltin medalga sazovor boʻldi

0
79
marta koʻrilgan.

Sloveniyaning Lasko shahrida karate boʻyicha «Slovenia Open» xalqaro turniri oʻtkazildi.

Mazkur nufuzli turnirda terma jamoamizning besh nafar aʼzosi shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda Sadriddin Saymatov (-67kg), Dostonbek Otabolayev (-75kg), Abdulaziz Otaboyev (-84kg), ayollar oʻrtasidagi turnirda esa Bahriniso Babayeva (-50kg) hamda Barno Mirzayeva (-61kg)lar oltin medal sohibiga aylandilar. 

ushbu nufuzli turnirda dunyoning 40ga yaqin mamlakatidan 700 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

 Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.