Bugun Samarqand xalqaro aeroportiga Prezident sovgʻasi ortilgan samolyot kelib qoʻndi.

0
194
views

Yangi yil bayrami munosabati bilan bu yil Samarqand viloyatidagi  Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar va SOS bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilariga hamda yurtimiz tinchligi va sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlash yoʻlida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlariga Prezident sovgʻalari beriladi.

Sovgʻalar ortilgan samolyot karnay-surnay sadolari ostida Qorbobo va Qorqiz ishtirokida kutib olindi. Ushbu sovgʻalar 29 dekabr kuni viloyat tuman va shaharlarda oʻtkaziladigan “Prezident archasi” bayram tadbirlari chogʻida 1024 nafar bolajonlarga tantanali topshiriladi.​

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here