Yangi yil bayrami munosabati bilan bu yil Samarqand viloyatidagi Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar va SOS bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilariga hamda yurtimiz tinchligi va sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlash yoʻlida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlariga Prezident sovgʻalari beriladi.
Sovgʻalar ortilgan samolyot karnay-surnay sadolari ostida Qorbobo va Qorqiz ishtirokida kutib olindi. Ushbu sovgʻalar 29 dekabr kuni viloyat tuman va shaharlarda oʻtkaziladigan “Prezident archasi” bayram tadbirlari chogʻida 1024 nafar bolajonlarga tantanali topshiriladi.