Deputat bilan uchrashuv

0
320
marta koʻrilgan.

Sergeli  tumani “Yorqin hayot” mahalla fuqarolar yigʻinida tuman mutasaddilari va 25-“Qoʻrgʻontepa” okrugi deputati bilan elektr energiya va tabiiy gazdan qarzdorlik oqibatlariga bagʻishlangan  uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda elektr energiyani tejash maqsadida tumanda yangi tizim joriy etilayotgani, bu esa aholining toʻlovlarni oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgani boʻyicha tushuncha berildi.

Tadbir yakunida mahalla nuroniylari va aholisi Dustlik-16 mavzesida 31 yil mobaynida taʼmirga muhtoj boʻlgan yoʻl  asfalt qilinganligi ham taʼkidlandi.

Uchrashuv soʻngida, Sergeli tuman  25-“Qoʻrgʻontepa” okrugi deputati H.Qoʻchqarova bilan fuqarolarning murojaatlari boʻyicha qabul oʻtkazildi. Qabul jarayonida, maktab oʻquvchilarini xavfsizligi taʼminlash maqsadida  yoʻllarga belgilar qoʻyish, “Chorbogʻ” va “Yorqin hayot” maxallalari tutash chorrahalarga svetofor oʻrnatish, Sputnik-18 mavzesidagi 4-uyning yertoʻla qismidagi quvurlarni taʼmirlash, Sputnik-17 mavzesidagi 4 va 6-uylar hamda 566-sonli bogʻcha oraligʻidagi qurib qolgan daraxtlarni kesish boʻyicha amaliy yordam berishni soʻradilar. 

Bu ishlar ijtimoiy hayotimizdagi  kichik bir ishlardek tuyuladi.  Obod mahalla, namunali uy kabi sharafli nomga ega boʻlish ana shunday kundalik  muammolarni hal qilishdan boshlanadi. Ana shunday vazifalar esa xalq bilan muloqotda aniqlanib olinadi.

H. QOʻChQOROVA, Sergeli  tumani 25-“Qoʻrgʻontepa” okrugi deputati

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.