Sergeli tumani “Yorqin hayot” mahalla fuqarolar yigʻinida tuman mutasaddilari va 25-“Qoʻrgʻontepa” okrugi deputati bilan elektr energiya va tabiiy gazdan qarzdorlik oqibatlariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda elektr energiyani tejash maqsadida tumanda yangi tizim joriy etilayotgani, bu esa aholining toʻlovlarni oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgani boʻyicha tushuncha berildi.
Tadbir yakunida mahalla nuroniylari va aholisi Dustlik-16 mavzesida 31 yil mobaynida taʼmirga muhtoj boʻlgan yoʻl asfalt qilinganligi ham taʼkidlandi.
Uchrashuv soʻngida, Sergeli tuman 25-“Qoʻrgʻontepa” okrugi deputati H.Qoʻchqarova bilan fuqarolarning murojaatlari boʻyicha qabul oʻtkazildi. Qabul jarayonida, maktab oʻquvchilarini xavfsizligi taʼminlash maqsadida yoʻllarga belgilar qoʻyish, “Chorbogʻ” va “Yorqin hayot” maxallalari tutash chorrahalarga svetofor oʻrnatish, Sputnik-18 mavzesidagi 4-uyning yertoʻla qismidagi quvurlarni taʼmirlash, Sputnik-17 mavzesidagi 4 va 6-uylar hamda 566-sonli bogʻcha oraligʻidagi qurib qolgan daraxtlarni kesish boʻyicha amaliy yordam berishni soʻradilar.
Bu ishlar ijtimoiy hayotimizdagi kichik bir ishlardek tuyuladi. Obod mahalla, namunali uy kabi sharafli nomga ega boʻlish ana shunday kundalik muammolarni hal qilishdan boshlanadi. Ana shunday vazifalar esa xalq bilan muloqotda aniqlanib olinadi.
H. QOʻChQOROVA, Sergeli tumani 25-“Qoʻrgʻontepa” okrugi deputati