Erkin kurash. Ikki sportchimiz Osiyo chempioni, ikkita kumush va bronza

0
853
views

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Osiyo chempionatida erkin kurash boʻyicha final janglari yakuniga yetdi. Final bahslarda ishtirok etgan ikki sportchimiz Ixtiyor Navroʻzov (-70kg) va Magomed Ibragimovlar (-97kg) hal qiluvchi jangda raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, Osiyo chempionligini qoʻlga kiritdi. 

 Mahmudjon Shavkatov (-57kg) va Rashid Qurbonovlar (-79kg) esa finalda imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalandilar. 

Bronza medali uchun jang qilgan Temurjon Usmonohunov  (65kg vazn toifasida) esa raqibini magʻlub etib, bronza medali sohibiga aylandi. 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here