Las-Vegas shahridagi jahon chempionatida Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi qizlari 9ta medalning sohibi

0
186
marta koʻrilgan.

AQSHning Las-Vegas shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati bahslarida  Oʻzbekiston terma jamoasi qizlari 9ta medallar shodasini qoʻlga kiritib, peshqadam boʻlishdi. 

Qizlar oʻrtasida 2 ta yoʻnalishda jahon rekordini oʻrnatgan yurtdoshimiz Kumushxon Fayzullayeva (-64 kg) musobaqaning eng yaxshi atleti, deb topildi. Sportchiga ushbu sovrinni Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi prezidenti Tomash Ayanning oʻzi topshirdi.

Turnirda Oʻzbekiston qizlar terma jamoasi medallar jamgʻarish boʻyicha birinchi oʻrinni qoʻlga kirib,  7 ta oltin va 2 ta kumush medalning sohibiga aylanishdi.

 Mazkur jahon chempionatida Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi oʻz tarixida eng yaxshi natijani qayd etdi. 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.