AQSHning Las-Vegas shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasi qizlari 9ta medallar shodasini qoʻlga kiritib, peshqadam boʻlishdi.
Qizlar oʻrtasida 2 ta yoʻnalishda jahon rekordini oʻrnatgan yurtdoshimiz Kumushxon Fayzullayeva (-64 kg) musobaqaning eng yaxshi atleti, deb topildi. Sportchiga ushbu sovrinni Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi prezidenti Tomash Ayanning oʻzi topshirdi.
Turnirda Oʻzbekiston qizlar terma jamoasi medallar jamgʻarish boʻyicha birinchi oʻrinni qoʻlga kirib, 7 ta oltin va 2 ta kumush medalning sohibiga aylanishdi.
Mazkur jahon chempionatida Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi oʻz tarixida eng yaxshi natijani qayd etdi.