Mamlakatimiz yosh dzyudochilari qitʼada peshqadam

0
93
views

Toshkentda dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida yosh dzyudochilarimiz oʻzlarining yetakchiligini namoyon qilishdi.

Musobaqaning yakunida ogʻir vazn toifasidagi yoshlar medallar uchun kurash olib borishdi. Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi. Shuningdek, oʻsmirlar oʻrtasidagi bahslarda ham dzyudochilarimiz birinchilikni qoʻlga kiritishdi

Soʻnggi kun dasturida shohsupaga koʻtarilgan yurtdoshlarimiz bilan tanishing.  Oltin medal sohiblari: Rustam Shorahmatov(100 kg), Mahmudjon Mahsudov(100 kg), Barchinoy Qodirova (70 kg), Shirinjon Yoʻldosheva (78 kg), Fotima Quramboyeva(78 kg). 

Kumush medalga -81 kg vazndagi Shahzodxoʻja Sharipov erishdi.

Bronza medalning egalari: -81 kgli Ahror Ziyodullayev, -90 kgli Alisher Samanov, +100 kgvaznli Abdulloh Xudoyorov, -63 kgli Sarvinoz Husanova, +78 kg vaznli Mohlaroyim Toʻxtamisheva  boʻlishdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here